O'zbekistonning yangi elchisi Islomobodga keldi
Oktabr 06, 2024. 11:37 • 34 soniya
• 3474
ISLOMOBOD, 6-oktabr. /"Dunyo" AA/. Bugun ertalab O'zbekistonning Pokistonga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher To'xtayev Islomobodga yetib keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar Alisher To'xtayev O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida mas'uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, yangi tayinlangan elchi O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so'ngra rais o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ingliz va boshqa bir qator xorijiy tillarni biladi.
Alisher To'xtayev 2021–2024-yillarda O'zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o'rniga tayinlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi