O'zbekistonning yangi elchisi Madridga tashrif buyurdi
Dekabr 07, 2023. 15:42 • 34 soniya
• 3668
MADRID, 7-dekabr. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Farrux Tursunov Ispaniya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashida ishlagan.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan, jumladan attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. O'zbekistonning Qozog'istondagi (2008-2012-y.) va Yaponiyadagi (2012-2017-y.) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018-yildan buyon u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig'ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.
Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyaga 2017-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir G'aniyev o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi