Minsk shahrida O'zbekistonning Belarusdagi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi
Fevral 05, 2024. 07:25 • 49 soniya
• 2429
MINSK, 5-fevral. /"Dunyo" AA/. Belarus poytaxtida 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarayotgan O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nazarov o'z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

U 53 yoshda. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1995-yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida boshlagan. 1997-yilda Tashqi ishlar vazirligiga Shartnoma-huquq boshqarmasining attashesi lavozimiga ishga qabul qilingan, keyinroq boshqa bir qator boshqarmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlig'i, shuningdek, Belgiya va Qirg'izistondagi elchixonalarda, Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo'yicha milliy koordinator sifatida ishlagan. O'tgan yillar davomida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida, Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo'lgan hamda Senat a’zosi etib saylangan.
Belarusga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.
Eslatib o'tamiz, Minsk shahridagi elchixona 2018-yilda ochilgan.
Rahmatulla Nazarov 2018–2021-yillarda elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi