O'zbekistonning yangi elchisi O'monga tashrif buyurdi
Fevral 04, 2024. 10:13 • 33 soniya
• 2902
MASQAT, 4-fevral. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O'mon poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

U 2018–2024-yillarda O'zbekistonning Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi Bosh konsulligini boshqargan. 52 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda Buxoro viloyatidagi davlat tuzilmalarida boshlagan va Buxoro davlat universitetida arab tilidan dars bergan. 1999-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. O'tgan yillar davomida TIVning Buxoro bo'limi, Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy departamenti, Misr va Saudiya Arabistonidagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Arab, rus va ingliz tillarini biladi.
Abdusalom Xatamov 2018–2021-yillarda O'zbekistonning O'mondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Anvar Abduhalimov o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi