O'zbekistonning yangi bosh konsuli Sankt-Peterburgda o'z vazifasini bajarishga kirishdi
Fevral 07, 2024. 07:15 • 38 soniya
• 2460
SANKT-PЕTЕRBURG, 7-fevral. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning yangi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov Rossiya shimoliy poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yangi bosh konsul Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 37 yoshli diplomat Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida, TIV tuzulmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019–2023-yillarda O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida birinchi kotib, so'ngra maslahatchi bo'lib faoliyat yuritgan.
Abdurahmon Mahmudov 2019-yildan 2024-yilgacha Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Babayev o'rniga tayinlandi.
Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoli-G'arbiy mintaqalari kiradi. Bular quyidagi 11 ta hududlar: Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologda viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Nenes avtonom okrugi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi