O'zbekistonning yangi elchisi Tehronga tashrif buyurdi
Dekabr 21, 2023. 09:28 • 32 soniya
• 9651
TEHRON, 21-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Fariddin Nasriyev Eron poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomat 42 yoshda. U 2018-2023-yillarda O'zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulligini boshqargan. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida 1999-yilda bank tizimida, 2003-yildan esa Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan, Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Fariddin Nasriyev TIVning Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o'rinbosarigacha bo'lgan pog'onani bosib o'tgan.
Ingliz, fransuz, rus va fors tillarini mukammal biladi.
Fariddin Nasriyev 2015-2023-yillarda mamlakatimizning Erondagi elchisi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o'rniga tayinlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
