O'zbekistonning qarorgohi Budapeshtda joylashgan birinchi elchisi Vengriyaga tashrif buyurdi
Mart 08, 2024. 07:41 • 42 soniya
• 3584
BUDAPЕSHT, 8-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oybek Shaxavdinov Budapeshtga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.
46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Xorazm viloyatida boshlagan. 2004-yildan buyon TIV tizimida. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so'ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig'i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o'tgan. Shuningdek, O'zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.
Ingliz, rus va fransuz tillarini mukammal biladi.
Oybek Shaxavdinov O'zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi