Logo

Buyuk Britaniya tashkiloti O'zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta'lim dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda

Iyun 16, 2025. 09:56 • 51 soniya

110
Buyuk Britaniya tashkiloti O'zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta'lim dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda

LONDON, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning "Think Equal" tashkiloti asoschisi va direktori Lesli Udvin bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida Lesli Udvin "Think Equal" tashkilotining faoliyati va ta'lim dasturlari to'g'risida batafsil so'zlab berdi. Uning aytishicha, dasturlar bolalarda empatiya va hissiy savodxonlik, o'z-o'zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va muammolarni oqilona hal etish, kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal qilish va boshqa muhim qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

O'quv dasturlar 30 haftalik bo'lib, har haftada 3 marta 30 daqiqalik darslarni o'z ichiga oladi. Darslar maxsus illyustratsiyalangan kitoblar, qo'llanmalar va o'yinlar orqali o'tkaziladi.

Muzokara yakunida "Think Equal" bilan O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha alohida uchrashuv tashkil etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

"Think Equal" tashkilot 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ijtimoiy-emotsional ta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar ayni vaqtda Hindiston, Keniya, Kanada, Avstraliya Janubiy Afrika, Meksika, Singapur, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda maktablarida hamkorlik asosida yo'lga qo'yilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish