O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarining arab tili o'qituvchilari O'monda malaka oshirdilar
May 10, 2025. 07:02 • 43 soniya
• 79
MASKAT, 10-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tillari universiteti va "Oriental Universiteti" o'qituvchilari O'monda malaka oshirdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
13-apreldan 8-mayga qadar davom etgan o'quvlar O'monning Manah shahrida joylashgan Sulton Qobus nomidagi arab tili institutida bo'lib o'tdi.
Ta'kidlash joizki, mazkur universitetda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5 nafar talabasi tahsil olmoqda.
7-may kuni Sulton Qobus nomidagi arab tili institutida malaka oshirish kurslari bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirish marosimi o'tkazildi.
Tadbir doirasida O'zbekiston o'qituvchilari, talabalar va elchixona xodimlari ishtirokida mamlakatimizning boy turizm va madaniyati salohiyatiga bag'ishlangan maxsus dastur taqdim etildi. Ishtirokchilar O'zbekistonning turizm, madaniyat va tarixiy merosi bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, yurtimiz turizm salohiyati, o'zbek xalqining urf-odatlari, madaniyati, asriy qadriyatlari aks etgan taqdimot namoyish etildi.
Anjuman so'nggida o'zbekistonlik tinglovchilarga o'quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi