Xitoyning Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi

May 23, 2026. 18:00 • 2 daq

21

SIAN, 23-may. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Sian shahrida Uchinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xitoy tomoni hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlar rahbarlari, savdo-sanoat palatalari, ishbilarmon doiralari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va investitsiyalarni jalb etish maqsadida o‘tkazilgan anjumanda so‘z olganlar tomonidan mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama sheriklik munosabatlari strategik ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. O‘tgan yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard dollarga yetgani, Xitoyning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalari miqdori 17 milliard dollarni tashkil qilgani urg‘ulandi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish va sanoat quvvatlari, logistika inshootlari va energetika infratuzilmasini yaratishga xizmat qilayotgani haqida gapirildi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, investitsiya sherikliklarini kengaytirish va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga yordam berishi qayd etildi.

Forum doirasida mamlakatimizning eksport, turizm va investitsiyaviy salohiyatini keng namoyish etish maqsadida maydoni 2 ming kvadrat metrni egallagan «O‘zbekiston milliy paviloni» tashkil etildi.

Shuningdek, yashil iqtisodiyot, raqamlashtirish, ta’lim, ayollar tadbirkorligi, turizm, transport va logistika, innovatsiyalar va qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan yalpi majlislar o‘tkazildi.

G2B va B2B formatida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida tomonlar uzoq muddatli hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyaviy va kooperatsiya loyihalari bo‘yicha bir qator kelishuvlarni imzoladilar.

Birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo hamkorlik forumi 2024-yil yanvar oyida Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan.

2025-yil 1-2-iyun kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi hududlararo forum mintaqaviy hamkorlik ikki tomonlama sheriklikning asosiy ustunlaridan biriga aylanib, uning ko‘lami sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish