Logo

Oʻzbekiston Prezidenti 6-7-oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

Oktabr 05, 2025. 19:04 • 41 soniya

289
Oʻzbekiston Prezidenti 6-7-oktabr kunlari  boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

TOSHKENT, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-7-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga koʻra, Oʻzbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida oʻtkaziladigan yigʻilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunida tashkilotga a'zo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish