Logo

O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Dekabr 12, 2025. 21:00 • 36 soniya

107
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod shahriga amaliy tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni va 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi hamda nutq soʻzladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashrif doirasida Ashxoboddagi yangilangan Betaraflik majmuasiga ham tashrif buyurdilar.

Tadbirlar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish