O'zbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi
Sentabr 19, 2025. 19:36 • 48 soniya
• 344
TOSHKENT, 19-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-24-sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so'zlaydi.
Ta'kidlash joizki, Bosh Assambleyaning bu yilgi yubiley sessiyasida global xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, BMT tizimi va xalqaro moliya arxitekturasini isloh qilish, iqlim o'zgarishi oqibatlari va boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ko'rib chiqiladi.
Sammit doirasida O'zbekiston yetakchisi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazadi.
Tashrif dasturining ishbilarmonlik qismidan AQSHning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy-investitsiya tuzilmalari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar o'rin olgan. Yangi kelishuv va shartnomalar to'plami imzolanishi kutilmoqda.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi