Logo

O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston rahbariyatiga mamlakat Sharqida sodir bo'lgan zilzila oqibatida ko'plab odamlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Sentabr 01, 2025. 20:37 • 40 soniya

116
O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston rahbariyatiga mamlakat Sharqida sodir bo'lgan zilzila oqibatida ko'plab odamlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 1-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Afg'oniston Sharqida sodir bo'lgan zilzila oqibatida ko'plab odamlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat munosabati bilan mazkur mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanali ma'lumotiga tayanib.

"O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg'onistonning Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir bo'lgan zilzila oqibatida ko'plab odamlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan birodar Afg'oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi", – deyiladi xabarda.

Afg'oniston Sharqida sodir bo'lgan 6 magnitudali zilzila oqibatida 800 dan ortiq odam halok bo'ldi, 2800 ga yaqin kishi jarohat oldi, deb yozdi BBC News.

"The Guardian" saytidan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish