Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi o'z ishini boshladi
Iyun 24, 2025. 10:35 • 51 soniya
• 691
TOSHKENT, 24-iyun./ "Duyo" AA/. Bugun poytaxtimizda mintaqadagi eng yirik va nufuzli soha tadbirlaridan biri – "MINEX Central Asia 2025" forumi ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jahon miqyosida muhim foydali qazilmalar sohasidagi istiqbollarga bag'ishlangan ushbu forum Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston texnologik metallar kombinati hamkorligida o'tkazilmoqda.
Forum dasturi doirasida turli tashkilotlardan 60 nafar ma'ruzachilar nodir va muhim metallarni barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish, mintaqaviy strategik hamkorlikni rivojlantirish va sarmoyaviy ishonchni mustahkamlash, tog'-kon sanoatida ESG standartlari va barqaror amaliyotini joriy etish, qayta ishlash sohasida innovatsiyalar, raqamlashtirish va ilg'or texnologiyalarni joriy etish va boshqa bir qator ustuvor yo'nalishlarni muhokama qiladilar.
Mazkur forum doirasida ilg'or yutuqlar, innovatsion yechimlar hamda Markaziy Osiyoning tog'-kon-geologiya-qidiruv sanoatini barqaror rivojlantirishga qo'shgan hissasini e'tirof etish maqsadida ilk bor ta'sis etilgan "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofoti taqdim etilishi kutilmoqda.
Forum professional tajriba almashish, ekspertlar muloqoti va hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish uchun muhim maydonga aylanishga va'da bermoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi