Logo

O'zbekiston diplomatlari Belarusning Pinsk shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

May 03, 2025. 11:16 • 44 soniya

71
O'zbekiston diplomatlari Belarusning Pinsk shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

PINSK, 3-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Belarusning Pinsk shahriga safarlari davomida Polesye davlat universitetida bo'ldilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida mazkur oliy ta'lim muassasasi rahbariyati va universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.


Yurtdoshlarimiz bilan kechgan suhbatda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xususan, ta'lim tizimini yana-da takomillashtirish, yangi oliy ta'lim muassasalarini tashkil etish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha hayotga tatbiq etilayotgan dasturlar to'g'risida aytib o'tildi. Yurtimizning boy madaniyati, tarixi va turizm salohiyatini Belarus hududida targ'ib etishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda tashkil etishning muhimligi qayd etildi.


Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar manfaatlari himoyasini munosib ta'minlash va ularga konsullik xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha diplomatik vakolatxona tomonidan qilinayotgan ishlar to'g'risida to'xtalib o'tildi. O'zbekiston elchixonasi vatandosh talabalarning tashabbuslarini har doim qo'llab-quvvatlashi qayd etildi.


Muloqotda vatandosh talabalarning fikr-mulohazalari va takliflari ham tinglandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish