Logo

O'zbekiston diplomatlari Norvegiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildilar

May 20, 2025. 11:40 • 37 soniya

125
O'zbekiston diplomatlari Norvegiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildilar

OSLO, 20-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Norvegiyaga xizmat safari davomida ushbu davlatda yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oslo shahrida joylangan "O'zbek madaniy markazi" diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilgan uchrashuvda Norvegiyada yashayotgan va vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan yurtdoshlarimiz duch kelayotgan muammolar xususida fikr almashildi.

Mamlakatimiz diplomatik missiyasi va vatandoshlar o'rtasida yaqin aloqalarni o'rnatish, O'zbekiston nufuzini Norvegiya jamoatchiligi orasida keng targ'ib qilish, ularni mamlakatimiz eksport va turizm salohiyati bilan tanishtirish hamda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov 15-may kuni ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish