Logo

18-dekabr - BMTning «Barcha mehnatkash migrantlar va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi konvensiyasi qabul qilingan kun

Dekabr 19, 2023. 12:05 • 2 daq

350
18-dekabr - BMTning «Barcha mehnatkash migrantlar va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi konvensiyasi qabul qilingan kun

OLMAOTA19-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasida 18-dekabr - BMT Bosh Assambleyasining «Barcha mehnatkash migrantlar va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi xalqaro konvensiya qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Olmaota shahridagi "Rodnik" ayollar va bolalar uchun ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya va moslashtirish markazi vakillari va vatandoshlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O'zbekistonda xavfsiz tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, odam savdosiga qarshi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ishlar to'g'risida batafsil ma'lum qilindi.

Yurtimizda migrantlar huquqini himoya qilish yo'nalishida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, milliy qonunchilik va mexanizmlarni takomillashtirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Qayd etilganidek, O'zbekistonda 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarida migrantlar huquqini himoya qilish bo'yicha belgilangan vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Mehnat migratsiyasini tartibga solish bo'yicha qonunchilik ham takomillashtirilmoqda. Bu o'rinda davlatimiz rahbarining 2019-yil 20-avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to'g'risida»gi farmoni, 2020-yil 14-sentyabrdagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni alohida urg'ulandi.

Tadbir yakunida vatandoshlarga Qozog'iston qonunlariga to'liq rioya qilish va muammolar yuzaga kelgan taqdirda Bosh konsullikka murojaat qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish