Og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatildi
Noyabr 07, 2025. 21:21 • 48 soniya
• 57
ISTANBUL, 7 noyabr. /"Dunyo" AA/. Turkiyada og'ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimizga O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston diplomatlari Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida bo'lib, bu yerda hibsda saqlanayotgan bir guruh fuqarolarimiz bilan suhbat uyushtirdi.
Bosh konsulxona xodimlari hamyurtlarimizga zarur huquqiy maslahatlar berib, sud jarayonlarida hamyurtlarimizni himoya qilayotgan advokatlar bilan fikr-mulohaza almashdi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib, 2024 yildan buyon Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan O'zbekiston fuqarosi F.A., joriy yilning 30 oktyabr kuni bo'lib o'tgan navbatdagi sud majlisi qaroriga ko'ra sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.
Mamlakatimizning chet davlatlardagi konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday hayrli ishlar Yangi O'zbekistonning tashqi siyosatda ham o'z o'rniga egaligi, vatandoshlar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi.
O'zbekistonning hech bir fuqarosi e'tiboran chetda qolmaydi va zarur hollarda Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli amallar bajariladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga