Logo

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

May 09, 2025. 11:21 • 48 soniya

59
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

SANKT-PETERBURG, 11-may. /"Dunyo" AA"/. O'zbekiston Bosh konsulxonaci xodimlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi "Viborjes" kompaniyasida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mehnat migrantlariga so'nggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning bandligini ta'minlash shuningdek xorijiy davlatlarda band aholining har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Yurtimizda migratsiya masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, migrantlar huquqi va manfaatini himoya qilish, ularni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Xususan, oxirgi sakkiz yilda xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o'zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o'rnatilgani, ularning muammo va ehtiyojlarini o'rganish hamda hal qilish bo'yicha yangi tizim joriy qilingani qayd etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar O'zbekiston Prezidentning "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyati bilan tanishdilar.

Diplomatlar Bosh konsulxona faoliyati va ko'rsatilayotgan xizmatlari to'g'risida ham ma'lumot berdilar.

Uchrashuvda hamyurtlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga Bosh konsulxona xodimlaridan batafsil javob oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish