O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Rossiyaning Tomsk shahrida tahsil olayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdi
Iyun 04, 2025. 19:26 • 1 daq
• 71
TOMSK, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Tomsk davlat milliy tadqiqot universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rossiyaning "talabalar poytaxti" hisoblangan Tomsk shahridagi barcha oliy ta'lim muassasalarida bugungi kunda 2000 dan ortiq o'zbekistonlik yoshlar turli yo'nalishlarda tahsil olmoqda.
Muloqot chog'ida talabalar o'quv jarayonlari, xususan, seminarlar va imtihonlar, shuningdek, ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda turli madaniy tadbirlardagi ishtiroki haqida so'zlab berdilar.
Shuningdek, talabalarni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topildi. Jumladan, talabalardan birining yozgi imtihonlarga kirish masalasi, yana bir talabaning esa universitet yotoqxonasi bilan bog'liq muammosi hal etildi.
Uchrashuv yakunida bosh konsul tashabbusi bilan Tomskda tahsil olayotgan vatandosh talabalar o'rtasida yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal qilish maqsadida O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatishga qaratilgan chat tashkil etishga kelishib olindi.
Tomsk davlat universiteti rahbariyati bilan kechgan suhbatda o'zbekistonlik talabalarning bilim egallashga bo'lgan yuqori intilishi alohida qayd etildi. Oliy ta'lim muassasasi rahbariyatiga ko'ra, Toshkent va Farg'ona shaharlarida faoliyat yuritayotgan universitet qabul komissiyasi ishini takomillashtirish zarur. Shuningdek, Xorazm viloyatida Tomsk davlat universiteti qabul komissiyasining yana bir nuqtasini tashkil etish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi