Xorijdagi vatandoshlardan tuzilgan O'zbekiston terma jamoasi Shvetsiyada o'tkazilgan futbol bo'yicha xalqaro turnirda qatnashdi
Iyul 15, 2025. 09:09 • 43 soniya
• 47
STOKGOLM, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 12-13-iyul kunlari Shvetsiya poytaxtida ushbu davlatdagi turli millat vakillari o'rtasida futbol turniri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turnirda 32 ta jamoa, jumladan Shvetsiyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimizdan tuzilgan O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan shu yil 22-iyun kuni yurtimizning Shvetsiyadagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan futbol bo'yicha "Elchixona kubogi" turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan "Maksimum" hamda "Ko'ktosh" va "Qashqadaryo" jamoalarining eng kuchli futbolchilari o'rin oldi.
O'zbekiston terma jamoasining mazkur turnirdagi ishtiroki musobaqa tashkilotchilari va muxlislar tomonidan iliq kutib olinib. Shuningdek, mamlakatimiz jamoasi ko'rsatgan o'yin muxlislarning e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Tashkilotchilar ko'ra, mazkur futbol musobaqa aholisining qariyb 20 foiz xorijdan kelgan xalqlar vakillaridan iborat bo'lgan Shvetsiyada millatlararo totuvlik, o'zaro hurmat va bag'rikenglikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi