Logo

Qozog'istonda qarovsiz qolib ketgan bolalar O'zbekistonga olib kelindi

Avgust 26, 2024. 18:03 • 31 soniya

676
Qozog'istonda qarovsiz qolib ketgan bolalar O'zbekistonga olib kelindi

OLMAOTA, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida turli sabablarga ko'ra Qozog'istonda qarovsiz qolib ketgan voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona xodimlari sa'y-harakatlari bilan "Qiyin ahvoldagi bolalarni qo'llab-quvvatlash markazi" va Olmaota shahar ta'lim boshqarmasi bilan birgalikda 17 yoshli I.R., 12 yoshli S.R. va ikki yoshli M.N.ni O'zbekistonga qaytarish bo'yicha barcha zarur hujjatlar tayyorlandi.

Shu yilning 24-avgust kuni Bosh konsulxona diplomatlari voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish va yaqin qarindoshlariga yetkazish maqsadida O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimiga topshirdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish