O'zbekiston elchixonasi: Yaponiya g'arbida sodir bo'lgan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo'lgan va jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo'q
Yanvar 08, 2024. 16:00 • 56 soniya
• 753
TOSHKENT, 8-yanvar. /"Dunyo" AA/. Yanvar oyi boshida Yaponiya g'arbidagi prefekturalarida sodir bo'lgan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo'lgan va jarohatlanganlar orasida O'zbekiston fuqarolari yo'q, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston diplomatlari Yaponiyaning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
Rossiyaning "Novosti" axborot agentligi ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda Yaponiyada 1-yanvar kuni sodir bo'lgan zilzila oqibatida qurbon bo'lganlar soni 168 nafarga yetgan, 323 kishi esa bedarak yo'qolgan. Avvalroq 161 kishi halok bo'lgani, 103 nafar kishi esa bedarak yo'qolgani haqida xabar berilgan edi. Yaponiyaning Vadzima shahri rahbariyati 281 kishining qayerdaligi va xavfsizligini tasdiqlay olmagani sababli bedarak yo'qolganlar soni ortdi.
Eslatib o'tamiz, Yaponiyaning g'arbiy qismidagi Noto yarim oroli hududida yangi yilning birinchi kunida kuchli zilzilalar ro'y berdi. Eng kuchli yer qimirlashi 7,6 ballni tashkil qilgan. 2011-yildan beri birinchi marta Yaponiyaning butun g'arbiy qirg'oqlariga yirik sunami xavf soldi. Sohilning ba'zi joylarida to'lqin balandligi 4,2 metrga yetgan. Oqibatda 1370 dan ortiq uylar qisman yoki butunlay vayron bo'ldi, odamlar vayronalar ostida qolgan bo'lishi mumkin.
RIA "Novosti" portalidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga