O‘zbekiston va Shvetsiya to‘qimachilik sohasida innovatsion yechimlar bilan almashmoqda
Oktabr 11, 2026. 15:00 • 2 daq
• 16TOSHKENT, 11-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Shvetsiyaning Buros universiteti professori Navar Kadi ishtirokida ilmiy-amaliy seminar hamda mahorat darslari tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Safar doirasida institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida to‘qimachilik chiqindilarini qayta ishlash, ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari, ilg‘or to‘qimachilik tuzilmalari hamda kompozit materiallar bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.
Shvetsiyalik olim institutning tegishli kafedralari vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazib, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, qayta ishlangan tolalardan yangi mahsulotlar olish, ilmiy maslahatchilikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro ilmiy maqolalar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Shvetsiya oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, to‘qimachilik sohasida innovatsion yechimlarni rivojlantirish va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




