Qozog'istonda odam savdosi qurboni bo'lgan vatandoshimiz O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 16, 2025. 08:50 • 29 soniya
• 151
OLMAOTA, 16-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Qozog'istonning Olmaota shahrida odam savdosi qurboni bo'lgan hamyurtimiz S.D. Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, S.D. Qozog'iston hududida og'ir sharoitda qolgan va odam savdosidan aziyat chekkani uchun O'zbekistonga qaytarishlarida yordam so'rab ariza bilan murojaat qilgan.
O'zbekiston diplomatlari va Qozog'iston huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jabrlanuvchi nopok kimsalar qo'lidan ozod qilindi va vaqtincha boshpana bilan ta'minlandi.
S.D. yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustgacha o'tkazilayotgan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik tadbirlari doirasida 11-avgust kuni Olmaota–Toshkent yo'nalishidagi aviareysi orqali O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi