Tataristonda og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga olib kelindi
Aprel 19, 2025. 11:43 • 31 soniya
• 322
QOZON, 19-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Tataristonda og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
1968-yilda tug'ilgan X.I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga kelgan. Ish jarayonida sog'lig'ida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli u Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan. Bemor O'zbekistonga qaytarishlarini so'rab, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.
Bosh konsulxona xodimlari vatandoshimizni O'zbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarni shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunladilar.
O'zbekiston Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan airways" milliy aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda X.I.ning "Qozon–Toshkent" aviayo'nalishi bo'yicha oilasi bag'riga sog'-salomat yetib olishi ta'minlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi