Logo

Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O'zbekistonga qaytarildi

Avgust 02, 2025. 08:53 • 28 soniya

285
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O'zbekistonga qaytarildi

TOKIO, 2-avgust. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 1 avgust kuni Yaponiyada halok bo'lgan ayolning jasadi O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252-qaroriga muvofiq mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi tomonidan jasadni Vatanga qaytarish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash, marhumaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari hamda turmush o'rtog'iga aviachiptalar xarid qilishda amaliy yordam ko'rsatildi.

Elchixona konsullik xodimi tomonidan vafot etgan fuqaroning jasadini reysga topshirishdagi tashkiliy ishlarda ko'mak ko'rsatilib, ushbu reys bilan O'zbekistonga qaytayotgan oila a'zolarini aeroportda kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish