O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari xorijdagi yurtdoshlarimiz muammolarini hal etishda ko'maklashmoqda
Aprel 25, 2025. 14:55 • 26 soniya
• 122
NOVOSIBIRSK, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimizga tezkor yordam ko'rsatib, ularning Toshkentga qaytishiga ko'maklashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston diplomatlari vatandoshimiz M.T.ning Novosibirsk shahrida dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtirishda zarur yordam ko'rsatdilar. Amalga oshirilgan konsullik harakatlari natijasida barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etildi va zarur hujjatlar yurtdoshimizga topshirildi.
Ona va bola 23-aprel kuni "Novosibirsk-Toshkent" aviareysi bilan O'zbekistonga sog'-salomat qaytdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi