"Parij-2024": Ikki nafar hamyurtimiz sport gimnastikasi bahslarida hakamlik qiladi
Iyul 15, 2024. 12:06 • 29 soniya
• 482
TOSHKENT, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. Xalqaro gimnastika federatsiyasi "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlarida faoliyat olib boradigan yana bir o'zbekistonlik hakam nomini e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, hamyurtimiz Oksana Kiosya bo'lajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi.
Sport gimnastikasi bo'yicha qit'a va jahon chempionatlarida faoliyat olib borib kelayotgan yurtdoshimiz uchun bu birinchi Olimpiada bo'ladi. Oksana Kiosya ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda ishlashi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, bundan avval Ravshan Mirzayev erkaklar o'rtasidagi sport gimnastikasi bahslarida hakamlik qilishi ma'lum bo'lgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi