Uch partiyada uch durang: shaxmat toji uchun kurash murosasiz kechmoqda

Noyabr 27, 2026. 11:30 • 55 soniya

• 134
Uch partiyada uch durang: shaxmat toji uchun kurash murosasiz kechmoqda
Uch partiyada uch durang: shaxmat toji uchun kurash murosasiz kechmoqda
Uch partiyada uch durang: shaxmat toji uchun kurash murosasiz kechmoqda
Uch partiyada uch durang: shaxmat toji uchun kurash murosasiz kechmoqda

TOSHKЕNT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Jeneva shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi bahsining uchinchi partiyasi 60 yurishdan so‘ng durang bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Murosasiz kechgan o‘yinda har ikki shaxmatchi ham g‘alaba uchun astoydil harakat qildi. Qora donalarda o‘ynagan Gukesh Dommaraju o‘yin boshida Berlin himoyasining kam uchraydigan Rio-de-Janeyro variantiga murojaat qildi. Biroq ushbu variantga tayyor turgan Javohir Sindarov aniq harakatlari va yuqori taktik mahorati bilan raqibiga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Hozircha uch partiyada uch durang. Umumiy hisob 1,5:1,5 ni tashkil etmoqda.

Bugun shaxmatchilar dam oladi. Musobaqaning to‘rtinchi partiyasi 28-noyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish