Logo

Angliyaning "Manchester City" futbol klubi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi

Yanvar 21, 2025. 12:50 • 2 daq

813
Angliyaning "Manchester City" futbol klubi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi

TOSHKENT, 21-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Fransiyaning "Lans" klubi futbolchisi Abduqodir Husanov Angliyaning "Manchester City" klubi bilan shartnoma imzolagani rasman e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Manchester City" futbol klubi manbasiga ko'ra, 20 yoshli Abduqodir Husanov 45 raqam ostida to'p tepadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester City" bu transfer uchun "Lans"ga 45 million yevro va bonus sifatida yana 5 million yevro to'laydi.

Yurtdoshimiz klub bilan 4,5+1 yillik shartnoma imzolagan.

"Manchester City" dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu yerga sovrin yutish uchun keldim. Men har doim qiyinchiliklarga duch kelganman. Hech narsada to'xtash yo'q. Bu nafaqat men uchun, balki butun O'zbekiston uchun katta muvaffaqiyat", - dedi Abduqodir Husanov klub axborot xizmatiga bergan intervyusida

Abduqodir "Manchester City"dagi ilk o'yinini 25-yanvar kuni Londonning "Chelsi" klubiga qarshi o'tkazishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish