Logo

Qozog'istonning Oqtov shahrida mushkul ahvolda qolgan besh nafar yurtdoshimiz Vatanga olib kelindi

Avgust 30, 2025. 16:04 • 31 soniya

86
Qozog'istonning Oqtov shahrida mushkul ahvolda qolgan besh nafar yurtdoshimiz Vatanga olib kelindi

OQTOV, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxona ko'magida Qozog'istonning Oqtov shahrida mushkul vaziyatga tushib qolgan besh nafar hamyurtimizning Vatanga qaytishi ta'minlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur insonparvarlik ko'magi O'zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustga qadar e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" aksiyasi doirasida amalga oshirildi.


O'zbekiston rasmiy vakillari hamyurtimizning Vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilib berishdi. 5 nafar vatandoshimiz 29-avgust kuni "Oqtov-Nukus" yo'nalishi bo'yicha samolyot orqali yurtimizga kuzatib qo'yildi.


Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekiston Bosh konsulxonasi Oqtovda bo'lib turgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini munosib himoya qilishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish