Vladivostok shahri rahbariyati o‘zbekistonlik mutaxassislarni uyushgan tarzda ishga jalb etishdan manfaatdor

Noyabr 15, 2026. 12:30 • 2 daq

• 261
Vladivostok shahri rahbariyati o‘zbekistonlik mutaxassislarni uyushgan tarzda ishga jalb etishdan manfaatdor
Vladivostok shahri rahbariyati o‘zbekistonlik mutaxassislarni uyushgan tarzda ishga jalb etishdan manfaatdor

VLADIVOSTOK, 15-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Vladivostok shahri meri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Kirill Xijinskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Vladivostok shahri o‘rtasida olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalarining joriy holati, ijtimoiy-gumanitar va turizm yo‘nalishlaridagi aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Kirill Xijinskiy mehnat migratsiyasi sohasiga to‘xtalib, O‘zbekiston tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilish va fuqarolarni uyushgan tarzda ishga jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

O‘z navbatida, Bosh konsulxona diplomatlari uchrashuv davomida O‘zbekiston Hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, fuqarolarni xorijiy davlatlarga faqat xavfsiz, uyushgan va qonuniy tartibda ishga joylashtirish mexanizmi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilish bo‘yicha Vladivostok shahrining tegishli tashkilotlaridan Bosh konsulxona nomiga rasmiy murojaat xati yuborilishi hamda kelgusida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik munosabatlarini yana-da kengaytirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish