O'zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish va o'zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlarni yaratish masalalarini muhokama qilmoqda
Aprel 18, 2025. 16:48 • 44 soniya
• 444
TOSHKENT, 18-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Olimjon Abdullayev kecha Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida mehnat migratsiyasi va O'zbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi asosiy mavzular Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qo'shma o'quv dasturlarini ishlab chiqish va ishga jo'nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi ta'lim tashabbuslarini yaratish masalalari bo'ldi.
Viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan o'zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yo'nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
Halle shahrida mehnat migratsiyasi masalasida uchrashuv bo'lib o'tdi