Chexiyada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Sentabr 22, 2026. 15:00 • 1 daq

14

PRAGA, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston elchixonasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda vatandoshlar, maxsus mehmonlar va jamoat faollari ishtirok etdi.

Rasmiy qismda elchixona vakillari va Chexiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar tabrik so‘zlari bilan chiqish qildilar. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan natijalar va xalqaro maydonda davlatimiz obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotgani alohida qayd etildi.

Bayram dasturidan musiqiy va ijodiy chiqishlar alohida o‘rin egalladi. Yoshlar tomonidan milliy qo‘shiqlar, gitara va doira navolari, she’riy kompozitsiyalar hamda o‘zbek va qoraqalpoq milliy raqslari ijro etildi. Mehmonlar uchun, shuningdek, milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir yakunida o‘zbek milliy taomlari — an’anaviy palov, somsa va shirinliklar tortiq qilindi. Ushbu muloqot vatandoshlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish