O'zbekiston vakili Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar turizm vazirlarining 10-yig'ilishida ishtirok etdi
Iyul 11, 2025. 12:49 • 59 soniya
• 84
ANQARA, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Jamshid Abdusalomov Anqara shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm masalalariga mas'ul vazirlarning 10-yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir ishtirokchilari turkiy dunyoda sayyohlik sohasini rivojlantirish, yangi qo'shma dasturlarni ishlab chiqish, turistlar uchun qulay sharoitlarni yaratish, sayyohlik almashinuvini qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
O'zbekiston vakili o'z ma'ruzasida yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yangi rejalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida ma'lumot berdi.
Xususan, so'nggi yillarda O'zbekistonga vizasiz sayohat qiladigan davlatlar soni 9 tadan 95 tagacha oshgani, turistlar oqimi esa uch barobarga ko'paygani ta'kidlandi. Jumladan, 2024 yilda mamlakatimiz 10 milliondan ortiq xalqaro sayyohni qabul qilgani ma'lum qilindi. Shuningdek, "BMT-Turizm" tashkiloti O'zbekistonni dunyoda eng tez rivojlanayotgan 4 ta turistik bozorlar qatoriga kiritgani qayd etildi.
Yig'ilish doirasida global muammolar va geosiyosiy o'zgarishlar sharoitida turizm tinchlik, barqarorlik va millatlararo aloqalarni mustahkamlashning noyob vosita ekanligi alohida ta'kidlandi.
Anjuman yakunida TDTga a'zo davlatlar o'rtasida turizm sohasida hamkorlikka oid anglashuv memorandumini imzolandi va Anqara deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bundan tashqari, Turkiyaning Anqara shahri 2026-yilda "Turkiy dunyoning turizm poytaxti", deb e'lon qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi