Logo

Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi

Dekabr 10, 2025. 14:54 • 33 soniya

178
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi

BUDAPESHT, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Budapesht tumanlarida mamlakatimiz turizm imkoniyatini ilgari surishga qaratilgan aksiya o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aksiya davomida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan hamda yurtimizning turizm yo‘nalishlari va imkoniyatlarini aks ettiruvchi videoroliklar Budapeshtning eng gavjum ko‘chalariga o‘rnatilgan elektron ekranlarda namoyish etildi. Aksiya avtomobil magistrallari, aeroport va temir yo‘l vokzallarida ham tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbir O‘zbekistonning Yevropada jozibali, xavfsiz va zamonaviy turistik yo‘nalish sifatida tan olinishini sezilarli darajada oshirdi.

Ushbu tashabbus mamlakatning ijobiy xalqaro imijini mustahkamlash hamda Vengriya va qo‘shni davlatlardan keladigan sayyohlar oqimining barqaror o‘sishi uchun muhim hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish