Logo

Singapurlik sayyohlar uchun O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri charter reyslar tashkil etiladi

Iyul 08, 2025. 07:36 • 46 soniya

145
Singapurlik sayyohlar uchun O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri charter reyslar tashkil etiladi

SINGAPUR, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Singapurning yetakchi turoperatorlaridan biri – "Chan Brothers Travel" kompaniyasi joriy yilning dekabr oyida Singapurdan O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri charter parvozlar yordamida mamlakatimizga yuzlab turistlarni olib kelishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonga to'qqiz kunlik tur doirasida Singapur va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi ko'hna shaharlarga tashrif buyurib, diyorimiz tarixi va madaniyati, go'zal tabiati va betakror me'moriy yodgorliklari, shuningdek, xalqimizning urf-odatlari, milliy taomlari bilan tanishadilar.

Charter parvozlarni targ'ibot qilish maqsadida "Chan Brothers Travel" O'zbekistonga bag'ishlangan maxsus marketing kampaniyasini yo'lga qo'yish, Singapurda o'tkaziladigan turistik ko'rgazmalarda O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlarni uyushtirish, Singapurning xitoy va malay tillardagi ommabop radiostansiyalarning mashhur boshlovchilarining sayohatchilar bilan birga O'zbekistonga yuborishni rejalashtirmoqda.

Mazkur tashabbus Singapurdan O'zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi va ikki davlat o'rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish