Logo

Farg'ona, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahri turizm salohiyati Guanchjoudagi xalqaro ko'rgazmada namoyish etildi

May 20, 2025. 12:52 • 2 daq

71
Farg'ona, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahri turizm salohiyati Guanchjoudagi xalqaro ko'rgazmada namoyish etildi

GUANCHJOU, 20-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida O'zbekiston Turizm qo'mitasi vakillari boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 15-17-may kunlari "Guangzhou International Travel Fair-2025" xalqaro ko'rgazmasida ishtiroki tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu xalqaro ko'rgazmada mahalliy va 55 ta xorijiy davlatdan 1000 dan ortiq turkompaniyalar o'z stendlari bilan qatnashdi.

Mazkur ko'rgazmada O'zbekiston Turizm qo'mitasi, Farg'ona, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy vakillari va "Caucasia Travel" "Inter Continental Tashkent" "Asialuxe Travel" "Another travel" "Orient Star Group LLC" "Hilton Tashkent City" "Dilrabo Travel" "Rocket DMC Uzbekistan" kabi turizm kompaniyalari tomonidan taqdim etildi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan mavzuli sessiyalar va interaktiv shoularda yurtimizning boy turistik salohiyati, sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, tarixiy va madaniy obidalar, hunarmandchilik mahsulotlari va yaratilayotgan zamonaviy turistik yo'nalishlar haqida ma'lumot berildi.

Farg'ona viloyatidan kelgan san'atkorlar tomonidan taqdim etilgan o'zbek milliy raqslari, sho'x kuy va qo'shiqlardan tashkil topgan madaniy dastur barchaga manzur keldi.

Shuningdek, O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Xitoyning davlat va xususiy turoperatorlari hamda xorijiy mamlakatlar sayyohlik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o'tkazdilar. Ularda hamkorlikning yangi yo'nalishlarini rivojlantirish va sayyohlarni keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, "Guangdong China Travel Service", "Guangzhou GZL Travel", "Top Tour", "Guangdong Tourizm Association" kabi kompaniyalar bilan Farg'ona, Surxondaryo va Xorazm yo'nalishlarini mavjud va yangi tur-paketlarga kiritish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish