Xiva shahri an'anaviy "Qovun sayli" festivaliga tayyorgarlik ko'rmoqda
Iyul 14, 2025. 16:07 • 46 soniya
• 133
XIVA, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 8-10-avgust kunlari Xiva shahridagi "Ichan qal'a" va "Arda Xiva" majmualarida an'anaviy "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"uzbektourism.uz" portali ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Turizm qo'mitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan festival doirasida viloyatning shahar-tumanlari o'z hududlarida yetishtirilgan shirin qovunlarning ko'rgazma-savdosini o'tkazadi. Pavilyonlar hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi.
Shuningdek, teatrlashtirilgan sahnalar, qo'g'irchoq teatri va milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro chiqishlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san'at asarlari ko'rgazmasi tashkil etiladi.
"Qovun sayli" da faol ishtirok etganlar turli nominatsiyalar asosida Xorazm viloyat hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi gala konsertlar bilan 8-9 avgust kunlari "Ichan qal'a" va 10 avgust kuni "Arda Xiva" turizm majmualarida bo'lib o'tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi