Yaponiyaning ommabop teleshou dasturi ijodkorlari O'zbekiston haqida turkum ko'rsatuvlar suratga olmoqda
Oktabr 12, 2024. 11:28 • 2 daq
• 323
TOKIO, 12-oktabr. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning ommabop "The World Heritage" teleshou dasturi ijodkorlari mamlakatimizning boy turistik salohiyati haqida turkum ko'rsatuvlar tayyorlash uchun ijodiy safar bilan O'zbekistonda bo'lib turibdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ijodiy guruhning O'zbekistonga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
"The World Heritage" teleloyihasi 1996-yildan beri Yaponiyaning "TBS" teleradiokompaniyasi tomonidan YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan hamkorlikda tayyorlanib, efirga uzatilib kelinadi. Mazkur teleloyiha dunyo bo'ylab YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan obyektlarni nafaqat Yaponiya bo'ylab balki global auditoriyaga tanishtirish maqsadida namoyish qilinadi.
Dastur mualliflari hozirgacha 134 ta mamlakatda joylashgan 690 ta madaniy yodgorliklar haqida 1000 dan ortiq film tayyorlanib efirga uzatgan.
"The World Heritage" teleloyihasining navbatdagi soni O'zbekistonga bag'ishlanadi. Hozirda ijodiy jamoa Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo'lib, mamlakatimizning betakror me'moriy obidalari, boy turistik salohiyati va go'zal tabiati haqida "HD", "3D", "4K" formatlarida videomateriallar to'plamoqda. Ushbu teleshou 2025-yil Samarqand shaharida bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi paytida efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, jahon xalqlari O'zbekistondagi madaniy yodgorliklar haqida tanishishi va kelgusida kelajak avlodga meros bo'lib qolishi uchun maxsus raqamli "Video meros" kutubxonasi yaratilishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi ko'magida 2023-yil 27-sentabr - 1 oktyabr kunlari "TBS" teleradiokompaniyasining "Crazy Journey" teledasturi ijodkorlarining O'zbekistonga ijodiy safari muvaffaqiyatli tashkil etilgan edi. Natijada, Toshkent, Samarqand va Xiva shaharlari haqida olingan film "TBS" teleradiokompaniyasida joriy aprel oyida ikki hafta mobaynida efirga uzatildi. Mazkur film yapon jamoatchiligi orasida katta qiziqishga sabab bo'lgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi