Toshkent shahrida "Umra plyus va ziyorat turizmi" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi
Iyul 02, 2025. 10:09 • 35 soniya
• 42
TOSHKENT, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida "Umra plyus va ziyorat turizmi" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yarmarka O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko'magida yurtimizdagi Umra ziyoratlarini tashkil qiluvchi sayyohlik agentliklari tomonidan tashkil etildi.
Tadbir O'zbekistonga xorijiy sayyohlarni jalb qilish va turizm kompaniyalari tomonidan Umra ziyoratini tartibli amalga oshirish bo'yicha tajriba almashish maqsadida o'tkazildi.
Unda Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari, katering, transport va xizmat ko'rsatuvchi korxonalari rahbarlari hamda MDH va qo'shni davlatlardan ushbu yo'nalishda ishlaydigan turkompaniyalar vakillari qatnashdi.
Ko'rgazma davomida Saudiya Arabistoni vakillari bilan Umra ziyoratlarini tartibli ravishda tashkil etish, sayyohlar almashinuvini oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan muzokaralar natijasida bir qator muhim kelishuv va shartnomalar imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi