O'zbekiston turizm salohiyati Rossiyada keng targ'ib qilinadi
May 23, 2025. 16:36 • 2 daq
• 95
MOSKVA, 24-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Rossiyaning "Russian Express" sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu hamkorlik mamlakatimizni jozibador sayyohlik yo'nalishi sifatida har tomonlama targ'ib qilish bo'yicha strategik kampaniyaning bir qismidir.
Hamkorlik doirasida Rossiyaning oltita yirik shahri – Sankt-Peterburg, Qozon, Novosibirsk, Yekaterinburg va Moskvada bir qator seminarlar o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlar ikki davlat turoperatorlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish shuningdek, o'zaro tajriba almashish, yangi sayyohlik mahsulotlarini taqdim etish va biznes aloqalarini yo'lga qo'yish uchun muhim maydonga aylanadi.
Har bir uchrashuvda 500 dan 1500 gacha turizm sohasi mutaxassislari, xususan, agentlar, turoperatorlar, ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan onlayn platformalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot nashrlarini qamrab oluvchi keng ko'lamli media kampaniyasi rejalashtirilgan. Vebinarlar, reklama materiallarini chop etish, bannerlarni joylashtirish rejalashtirilgan. Bularning barchasi rossiyalik sayyohlar orasida O'zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilish va mamlakatimizga turistlar oqimini oshirishga qaratilgan.
1996 yilda tashkil etilgan "Russian Express" – bu butun dunyo bo'ylab paketli va dinamik turlar, har qanday murakkablikdagi individual yo'nalishlar, shuningdek, yuqori darajali xizmatlarni taklif qiluvchi yirik turistik xolding kompaniyasidir.
"Russian Express" ishonchli va barqaror kompaniya sifatida obro'ga ega va Rossiyaning eng yaxshi 10 turoperatorlaridan biri hisoblanadi.
U har yili o'n minglab sayyohlarga xizmat ko'rsatadi. Kompaniya 25 yildan ortiq vaqt davomida turizm bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi