Buyuk Britaniya "Sturgeon Foundation" jamg'armasi O'zbekiston yoshlari uchun ta'lim grantlari dasturini kengaytiradi
Oktabr 04, 2025. 11:05 • 49 soniya
• 43
LONDON, 4-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "Sturgeon Foundation" tashkiloti raisi Kerol Grem bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralarda ta'lim sohasida grantlar dasturini yanada kengaytirish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Kerol Grem O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlarning sifatli bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan turli yo'nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jarayonlarini muvofiqlashtirish, ular uchun ajratiladigan grantlar ko'lamini kengaytirish hamda STEM yo'nalishlariga ustuvor ahamiyat qaratish yuzasidan kelishuvga erishildi.
"Sturgeon Foundation" Britaniyaning "Sturgeon Capital" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jamg'arma hisoblanadi. Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropadagi talabalarga universitet stipendiyalari va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini taqdim etish orqali ko'maklashadi.
"Sturgeon Capital" kompaniyasi 2010-yilda tashkil etilgan bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda aktivlarni boshqarish va startaplarga investitsiya kiritishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning Toshkentda ofisi mavjud.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi