Logo

Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi

Dekabr 14, 2025. 11:10 • 2 daq

147
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi

PEKIN, 15-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslari, o‘zbek-xitoy munosabatlarining istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Xitoyning yetakchi tahlil markazlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati qatnashchilari mamlakatimizda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan, respublika taraqqiyotini yanada jadallashtirish va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi va SHHT sammiti doirasida ilgari surilgan xalqaro tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xitoylik ekspertlar barqaror rivojlanish dinamikasiga ega bo‘lgan o‘zbek-xitoy munosabatlarining bugungi holati bilan tanishtirildi. Ushbu munosabatlar siyosiy muloqot va xavfsizlikdan tortib, keng qamrovli savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar almashinuvlargacha bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olmoqda.

Tadbir davomida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.

SHHT bosh kotibi o‘rinbosari Pyao Yanfan:

— Bugun biz o‘zbek-xitoy munosabatlarining joriy holati, ko‘p tomonlama platformalar doirasida olib borilayotgan qo‘shma faoliyatning yutuq va natijalari bilan tanishdik.

Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti tashkilotga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surgan edi. SHHT ushbu tashabbuslarni, umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

“Pekin muloqoti” bosh kotibi Xan Xua:

— Bugungi davra suhbati ishtirokchilari 2025-yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar rivoji dinamikasi, ko‘p tomonlama platformalardagi hamkorlik xususiyatlari hamda ikki davlat rahbarlari tashabbuslarining o‘zaro qo‘llab-quvvatlanish darajasi haqida atroflicha maʼlumot oldi.

O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurib, bu davlatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida guvoh bo‘lganman. Yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishi va Xitoy tajribasiga asoslangan kambag‘allikka qarshi kurashish borasidagi yutuqlar menda katta taassurot qoldirgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Xitoyning rivojlanish rejalari bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashmoqda. Kelgusida har ikki davlat nafaqat tajriba almashinuvini izchil davom ettiradi, balki qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi sinovdan o‘tgan hamkorlik modelini keng targ‘ib etish orqali Markaziy Osiyo mintaqasining rivojiga ham katta hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish