O'zbekiston delegatsiyasi Tehronda o'tkazilgan laboratoriya asbob-uskunalari va kimyoviy moddalar xalqaro ko'rgazmasida qatnashdi
Yanvar 05, 2024. 15:43 • 1 daq
• 153
TEHRON, 5-yanvar. /"Dunyo" AA/. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimizning Erondagi elchixonasi xodimlaridan iborat O'zbekiston delegatsiyasi Tehronda bo'lib o'tgan «Iran Lab-2024» 11-xalqaro ko'rgazmasida qatnashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur ko'rgazma Eronning yuqori sifatli laboratoriya asbob-uskunalari va kimyoviy moddalari bilan yaqindan tanishish hamda o'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Joriy yilgi namoyishda 450 dan ortiq mahalliy kompaniyalar qatnashdi va 10 mingdan ziyod mahsulotlar taqdim etildi.
Jumladan, umumiy laboratoriya jihozlari, laboratoriya materiallari, neft-kimyo sanoati, elektr energiyasi, elektronika, dasturiy ta'minot, biotibbiyot muhandisligi va biomateriallar, mexanika va metallurgiya, umumiy fizika, qishloq xo'jaligi va ekologiya, strategik texnologiyalar sohasidagi mashina va uskunalar ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi.
Ko'rgazma doirasida, O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron fan va texnologiyalar bo'yicha vitse-prezidentining Iqtisodiy rivojlanish bo'yicha o'rinbosari Javod Mashoyix, Siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Mehdi Ilyosiy hamda Xalqaro fan va texnologiya hamkorlik markazi direktori Amir Husayn Mirobodiy bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazdi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalari holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Bo'lib o'tgan uchrashuvlar yakunida tomonlar qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, farmatsevtika, kimyo sanoati, to'qimachilik, qurilish materiallari sanoati kompaniyalari ishtirokida qo'shma biznes-forum o'tkazishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi