Ashxobod shahrida O‘bekiston elchisi Turkmaniston vaziri bilan Orolbo‘yi hududida cho‘llanishga qarshi kurashish masalasini muhokama qildi
Aprel 01, 2026. 16:51 • 2 daq
• 22
ASHXOBOD, 1-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov va Turkmaniston atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ovezgeldi Goshdjanov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ekologik barqarorlikni taʼminlash har ikki davlat ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida eʼtirof qildi.
Uchrashuvda 2026-yil davomida ushbu yo‘nalishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar va istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston va Turkmanistonning ekologik muammolarni bartaraf etish borasidagi saʼy-harakatlarini birlashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri cho‘llanishga qarshi kurashish va Orolbo‘yi mintaqasida ekotizimlarni tiklash masalasi bo‘ldi. Tomonlar o‘rmon resurslarini barqaror boshqarish, bioxilma-xillikni asrash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘zaro tajriba almashinuvini faollashtirishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqaviy ekologik xavfsizlikni taʼminlash yo‘lida manfaatli hamkorlikni davom ettirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi