Logo

Bangkok shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan qabul marosimi bo'lib o'tdi

Sentabr 19, 2025. 09:49 • 42 soniya

66
Bangkok shahrida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan qabul marosimi bo'lib o'tdi

BANGKOK, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetida "Markaziy Osiyo kuni" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir Tailand Tashqi ishlar vazirligi va O'zbekiston Bosh konsulxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Shuningdek, anjuman davomida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan qabul marosimi tashkil etildi.

Unda Tailand TIV bosh boshqarmalari rahbarlari, BMT Osiyo va Tinch okeani davlatlari ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi kotibiyati vakillari, Chulalongkorn universiteti rektori, "Uzbekistan Airways", "Centrum Air" aviakompaniyalari, OAV xodimlari va Tailanddagi vatandoshlardan qatnashdi.

So'zga chiqqanlar O'zbekiston mustaqillikning o'tgan o'ttiz to'rt yilida erishgan yutuqlarini, xususan, mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi ijobiy o'zgarishlarni va aholi farovonligini ta'minlashga qaratilgan dasturlarni yuksak baholadilar. So'nggi sakkiz yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekiston xalqaro maydonda munosib o'rin egallagani alohida urg'ulandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish