Logo

Oʻzbekiston elchisi Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashdi

Oktabr 04, 2025. 13:43 • 40 soniya

251
Oʻzbekiston elchisi Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashdi

BUDAPESHT, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston elchisi Oybek Shahavdinov Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chogʻida Vengriya parlamenti spikeri ushbu mamlakatda Oʻzbekiston elchixonasi ochilganini qutladi va bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni koʻzlagan hamda oqilona qadami boʻlganini alohida ta'kidladi. "Bu qadam uzoq yillik doʻstona aloqalarni kengaytirish uchun yangi ufqlarni ochmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlaringiz Vengriya parlamenti tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi", dedi Milliy assambleya rahbari.

Suhbat chogʻida tomonlar Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni yanada jadallashtirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar va tashriflar almashinuviga tayyorgarlik koʻrishga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar konstruktiv muloqotni chuqurlashtirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish